English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 6 mart kuni mamlakatimizning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin
12:08 / 2023-03-05

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-11, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi,  ba’zi tumanlarda  qum bo‘ronlar  bo‘lishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.  

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab  yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Navoiy viloyatida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda  qum bo‘ronlari  bo‘lishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 1-6, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.  

Muhim hodisalar  

5-10 mart kunlari O‘zbekiston bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li joylarda (yomg‘ir, qor) yog‘adi, 5-6 va 8-10 mart kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.  

5-10 mart kunlari ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda qum bo‘ronlari bo‘lishi mumkin. 5-7 mart kunlari Jizzax, Navoiy viloyatlarida, 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo viloyatida shamolning tezligi sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin.  

Kutilayotgan yomg‘irlar sababli, 5-6 va 8-10 mart kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.  

5-10 mart kunlari respublikamizning tog‘li tumanlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

O‘zA