English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 5-8 iyul kunlari O‘zbekiston hududida harorat juda issiq bo‘lishi kutilmoqda
10:42 / 2021-07-05

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 6 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechqurun shamolning tezligi sekundiga 12-14 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-26, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29, kunduzi 39-44, ayrim joylarda 46 darajagacha issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29, kunduzi 39-44, ayrim joylarda 46 darajagacha issiq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.  

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29, kunduzi 39-44, ayrim joylarda 46 darajagacha issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 29-34 daraja issiq bo‘ladi.  

5-8 iyul kunlari O‘zbekiston hududida ob-havo juda issiq bo‘lishi kutilmoqda.  

Shu kunlari havo harorati iqlim me’yoridan 5-8 daraja yuqori bo‘ladi.

Kunduzi havo 41-43 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 44-46 darajagacha issiq bo‘ladi.

O‘zA