English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 30 mart kuni mamlakatimizning ayrim hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi
10:27 / 2022-03-29

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, kunduzi vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-6 kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja  sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8,  kunduzi  7-12 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi  3-8, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin.  Kechasi 5-10, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin.   Kechasi 3-8,  kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Ba’zi joylarda tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

28-31 mart kunlari respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

O‘zA