Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 28 may kuni mamlakatimizning tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin
11:24 / 2022-05-27

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 28 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-17, kunduzi 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.  

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo вилоятларида havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 21-26 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda  shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel kelishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda  shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

27-29 may kunlari respublikamizning ba’zi joylarida shamolning tezligi qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha tezlashishi mumkin.

27-28 mayda respublikamiz bo‘ylab, 29 mayda tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 27-28 may kunlari tog‘oldi va tog‘li tumanlarining ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

27-29 may kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida  sel kelishi mumkin.

 

O‘zA