Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-17, kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi.
Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Surxondaryo viloyati bo‘ylab shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 21-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 21-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda (2500 metrdan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda sekundiga 21-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
Joriy yilning 26-27 sentyabr kunlari O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududidan salqin va biroz nam havo kirib keladi.
26-27 sentyabr kunlari respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.
26 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 27 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysida shamolning tezligi sekundiga 21-23 metrgacha kuchayishi mumkin.
26 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 27 sentyabr kuni Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2500 metrdan yuqori) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
26 sentyabr kuni shimolda, 27 sentyabr kuni respublikaning barcha hududlarida havo harorati kechasi 10-13, kunduzi 22-25 daraja iliqgacha pasayadi.
O‘zA