Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 26 may kuni mamlakatimizning tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
11:21 / 2022-05-25

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 26 may kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-19 daraja iliq, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 26-31 daraja issiq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim tumanlarda shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqladiroq bo‘lshi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zA