Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 25 yanvar kuni mamlakatimizning tog‘li hududlarida qor yog‘ishi mumkin
11:11 / 2023-01-24

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 25 yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-11 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq  bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.    

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, ayrim joylarda 15-17 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, ayrim joylarda 5 darajagacha sovuq bo‘ladi.  

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.  

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, ayrim joylarda 15-17 darajagacha sovuq,  kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.    

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.  

 

O‘zA