French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 25 aprel kuni respublikamizning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin
13:10 / 2022-04-24

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 25 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga  12-17  metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-15, kunduzi 23-25 daraja iliq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi  20-25 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17,  kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo  va Surxondaryo  viloyatlarida o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi  28-33 daraja issiq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

24-25 aprel kunlari O‘zbekistonning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, respublikamizning ayrim hududlarida  do‘l yog‘ishi mumkin.
24-25 aprel kunlari  Toshkent, Samarqand, Jizzax,   Sirdaryo,  Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari, Navoiy viloyatining tog‘oldi tumanlarida, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda  kuchli yomg‘ir yog‘adi. 

Shu  kunlari respublikamizning ayrim hududlarida  shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. 
24-25 aprel kunlari  respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi mumkin. 

O‘zA