Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 21 iyul kuni mamlakatimizning ayrim hududlarida 40-45, ba’zi joylarda 47 darajagacha issiq bo‘ladi
10:34 / 2022-07-20

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 24-26 daraja iliq, kunduzi 41-43 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29 daraja iliq, kunduzi 40-45, ba’zi joylarda 47 darajagacha issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 27-32 daraja iliq, kunduzi 40-45, ayrim joylarda 47 darajagacha  issiq bo‘ladi.

Toshkent,  Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29 daraja iliq, kunduzi 40-45 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 24-29 daraja iliq, kunduzi 40-45, ayrim joylarda 47 darajacha issiq bo‘ladi.  

Andijon,  Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Muhim hodisalar  

Joriy yilning 20-22 iyul kunlari O‘zbekistonga Turkmaniston orqali Eron hududidan issiq havo kirib kelishi sababli kunduz kunlari havo harorati:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47 darajagacha;

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45 darajagacha;

Farg‘ona vodiysida 41-43darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ba’zi tumanlarda chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi mumkin.

20-24 iyul kunlari tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘oldi va tog‘li hududlari: So‘x, Farg‘ona tumanlari va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

O‘zA