Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 16 oktyabr kuni mamlakatimizning shimoliy hududlarida yomg‘ir yog‘adi
14:44 / 2022-10-15

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha  kuchayishi mumkin. Kechasi  5-10,  kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo  o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-bo‘ronlari bilan birga sekundiga 15-20 metrgacha  kuchayishi mumkin. Kechasi  9-14,  kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.  Sharqdan  sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 6-11, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10,  kunduzi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.  

Muhim hodisalar

Joriy yilning 17 oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy, 18-19 oktyabr kunlari boshqa hududlariga  Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa qismidagi markaziy tumanlari (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi  kirib keladi

Havo harorati 8-10 darajaga pasayib ketishi kutilmoqda.

17-19 oktyab kunlari havo harorati kechasi 3-8 darajagacha iliq, respublikamiz shimolining  ayrim joylarida 0-2 sovuq, kunduzi 15-20 daraja iliq  bo‘ladi.  

 17-19 oktyabr kunlari respublikamizning  ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda  yog‘ingarchilik bo‘lishi (yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi) mumkin.

17-18 oktyabr kunlari respublikamizning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.  

O‘zA