Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 15 mart kuni mamlakatimizning aksariyat hududida yog‘ingarchilik bo‘ladi
11:10 / 2022-03-14

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-8, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq,  kunduzi 5-10 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, momaqaldiroq paytida bu kuchayish sekundiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 7-12 daraja iliq; Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, momaqaldiroq paytida bu kuchayish sekundiga  25-28  metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, momaqaldiroq paytida bu kuchayish sekundiga 25-28 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 18-23  metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5,  kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

14-16 mart kunlari respublikamizning  ko‘p  qismida vaqti-vaqti bilan  yomg‘ir yog‘adi,  ba’zi joylarda kuchli  yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikamizning tog‘li tumanlarida  yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi).

14-16 martda respublikamizning  ba’zi joylarida shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, momaqaldiroq paytida bu kuchayish sekundiga  25-28 metrgacha  tezlashishi mumkin.  

14-15 martda respublikamizning  tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.  

14-16 mart kunlari  respublikamizning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

O‘zA