Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 15-17 fevral kunlari havo harorati kechasi 4-7 darajagacha pasayishi mumkin
12:41 / 2022-02-14

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 4-6 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Ustyurtda kechasi 9-14 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi. Cho‘l hududlarida kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 14-15 fevral kunlari janubiy Ural mintaqalaridan G‘arbiy Kavkaz orqali O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massasining kirib kelishi kutilmoqda.

14 fevralda respublikamiz bo‘ylab shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatining ayrim joylarida bu kuchayish sekundiga 25-28 17-22 metrgacha tezlashishi mumkin.

14 fevral kuni respublikamiz bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Tog‘li hududlarda kuchli qor yog‘adi.

15-17 fevral kunlari havo harorati kechasi 4-7 darajagacha pasayishi mumkin.

14-18 fevralda respublikamizning tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.


O‘zA