Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 14 mart kuni mamlakatimizda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi
15:17 / 2022-03-13

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 14 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-8, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro  viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10,  kunduzi  11-16 daraja iliq bo‘ladi.  

Navoiy viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10,  kunduzi  11-16 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.  Kechasi 5-10, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.  

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10,  kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5,  kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

13-16 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Erondan  iliq va nam havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasining kirib kelishi davom etadi. 

13-16 mart kunlari respublikamizning ko‘p qismida  vaqti-vaqti bilan  yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikamizning tog‘li tumanlarida  yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi).  

13-16 martda respublikamizning  ba’zi joylarida shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, momaqaldiroq paytida bu kuchayish sekundiga  25-28 metrgacha  tezlashishi mumkin.  

13-15 martda respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.   

13-16 mart kunlari  respublikamizning  tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

O‘zA