Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 11 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin
11:53 / 2021-02-10

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 fevral kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

 G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan  sekundiga  5-10  metr tezlikda esadi. Kechasi  5-7, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.  Ayrim joylarda  tuman tushishi mumkin. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol  esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq,  kunduzi  8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.  Ayrim joylarda  tuman tushishi mumkin. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol  esadi. Kechasi  3-8, kunduzi  13-18 daraja  iliq bo‘ladi.  

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir  yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan  sekundiga  7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi  5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.  

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.  Ayrim joylarda  tuman tushishi mumkin. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol  esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq  bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.  Ayrim joylarda  tuman tushishi mumkin. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol  esadi. Kechasi  5-10, kunduzi   17-22 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda kechasi va ertalab biroz yomg‘ir  yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan  sekundiga  7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8, kunduzi  12-17 daraja iliq bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, tog‘oldi va tumanlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq,  3 daraja iliq,  kunduzi 3-8  daraja iliq bo‘ladi.