Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17 daraja, kunduzi 26-28 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang ko‘chishi bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, Jizzax viloyatida ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan birga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, Surxondaryo viloyatida ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan birga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
10-11 aprel kunlari respublikamizning ayrim joylarida shamol tezligi kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin, jumladan:
10 aprel kuni Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin;
11 aprel kuni respublikamizning ba’zi joylarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin.
O‘zA