English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 10 yanvar kuni mamlakatimiz shimolida 15-20 daraja sovuq bo‘ladi
10:53 / 2023-01-09

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 yanvar kuni Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.    

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.  

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.  

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. G‘arbdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.  

Muhim hodisalar  

Joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekistonga Volgabo‘yidan Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi.  

9-11 yanvar kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.  

9-10 yanvar kunlari ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.  

10-15 yanvar kunlari respublika bo‘ylab anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 12-17 daraja, kunduz kunlari 5-8 darajagacha sovuq, shimolda kechasi 17-22 daraja, Ustyurt va cho‘l hududlarining ayrim joylarida 25-27 daraja, kunduz kunlari 7-10 darajagacha sovuq, janubda va Farg‘ona vodiysida kechasi 5-10 daraja, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi.  

Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.  

9-10 yanvar kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.  

 

O‘zA