Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MA’LUMOTI: 10 may kuni mamlakatimizning ayrim joylarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin
14:24 / 2022-05-09

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 10 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-20, kunduzi 23-25 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ayrim joylarda sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, ayrim joylarda sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda tumanlarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Kechasi 17-22, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga  15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

9-11 may kunlari respublikamizning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin:

9 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida;

10 mayda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;

10-11 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.  

9-10 may kunlari respublikamizda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha  kuchayishi, shimolda va sahro hududida sekundiga 22-25 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin.  

10-11 may kunlari kunduzi havo harorati 20-25 darajagacha pasayadi.  

9-13 may kunlari  respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida  sel kelishi mumkin.

O‘zA