Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MAʼLUMOTI: Toshkentda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin
18:58 / 2020-05-07

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8-may kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechki payt yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8-may kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechki payt yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi, shamol sekundiga 15-20 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 28-30 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esa boshlaydi, ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechki payt yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esa boshlaydi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, birdaniga sekundiga 23-28 metrgacha zoʻrayishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kechki payt yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda kechki payt yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 darada iliq, kunduzi 20-30 daraja issiq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.