English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MAʼLUMOTI: Toshkentda havo oʻzgarib, kechki payt yomgʻir yogʻishi mumkin
18:00 / 2020-05-14

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15-may kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechki payt yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15-may kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechki payt yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14 daraja, kunduzi 23-25 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechki payt ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.