English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MAʼLUMOTI: Ertaga respublikamiz boʻylab qanday ob-havo hukmron boʻladi?
15:44 / 2020-06-04

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi.


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 37-39 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi, kuchli shamol sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21-26 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi, kuchli shamol sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 21-26 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 38-43 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.