French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO MAʼLUMOTI: ertaga kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi
19:04 / 2020-02-12

Gʻarbdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq boʻladi.


Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berishicha, 13-fevral kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Gʻarbdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida qor yogʻadi. Qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbdan esayotgan shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.