Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ob-havo: ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi
16:33 / 2020-11-27

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 28 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (qor, yomg‘ir yog‘adi).

G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi (qor, yomg‘ir yog‘adi). G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kuchayish sekundiga 25-27 metrgacha bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi (qor, yomg‘ir yog‘adi). G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kuchayish sekundiga 25-27 metrgacha bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kuchayish sekundiga 25-27 metrgacha bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi (qor, yomg‘ir yog‘adi). G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kuchayish sekundiga 25-27 metrgacha bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kuchayish sekundiga 25-27 metrgacha bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Hafta oxirida kutilayotgan muhim hodisalar

27-29 noyabr kunlari Rossiyaning Povolje hududi ustida hosil bo‘lgan sovuq va nam havo massasi Kaspiy dengizi orqali O‘zbekiston hududiga kirib keladi.

27 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik bo‘ladi (qor, yomg‘ir yog‘adi), kechqurun Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

28 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublikamizning boshqa xududlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi (qor, yomg‘ir yog‘adi). Respublikamizning tog‘li hududlarida kuchli qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxvonlik bo‘lishi mumkin.

27-28 noyabr kunlari respublikamizda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, ba’zi joylarda kuchayish sekundiga 25-27 metrgacha bo‘lishi mumkin.

28-29 noyabr kunlari respublikamiz bo‘ylab havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 darajagacha sovuq, 3 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Havoning o‘rtacha sutkalik harorati me’yordan 10-12 daraja past bo‘lishi kutilmoqda.