Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OB-HAVO: Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 23-28 metrgacha boʻlishi mumkin
17:55 / 2020-06-16

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17-iyun kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi.


Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 17-iyun kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-22, kunduzi 30-32 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, kuchayish sekundiga 23-28 metrgacha boʻlishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, kuchayish sekundiga 23-28 metrgacha boʻlishi mumkin. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, kuchayish sekundiga 23-28 metrgacha boʻlishi mumkin. Kechasi 17-22, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, kuchayish sekundiga 23-28 metrgacha boʻlishi mumkin. Kechasi 19-24, kunduzi 34-39 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, kuchayish sekundiga 23-28 metrgacha boʻlishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq boʻladi.