Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"OAVga raqamli texnologiyalarni joriy etish istiqbollari" mavzusida onlayn seminar tashkil etildi
15:54 / 2021-03-10

Islom hamkorlik tashkilotining axborot agentliklari birlashmasi (UNA) hamda Ozarbayjon Davlat axborot agentligi (AZERTAC) hamkorligida "OAVga raqamli texnologiyalarni joriy etish istiqbollari" mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarda BAA, Qozog‘iston, Iroq, Sudan, Italiya, Malayziya, Turkiya, Rossiya kabi qator mamlakatlardan 30 dan ortiq ommaviy axborot tarmoqlari vakillari qatnashdi.  

Tadbirda qayd etilganidek, muloqotda dunyo jurnalistlari o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirish, yangiliklarni tezkor tatbiq etish, axborotlarni yetkazishda   raqamli texnologiyalarni joriy etish  va sohada mavjud muammolarga yechim topish masalalari muhokama qilindi.  

Muzokaralarda  AZERTAC axborot agentligi vakili Ibrohim Sulaymonov pandemiya davrida agentlik xizmatidan foydolanishga bo‘lgan talab 40 foizga oshganligini alohida qayd  etib o‘tdi.