FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida sud organlari faoliyatini OAVda yoritishda jurnalist va blogerlarning kasbiy mahoratini oshirishga bag‘ishlangan trening bo‘lib o‘tdi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar qamrab olingan hududiy trening O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda “East-West Management Institute” NNT O‘zbekistondagi filialining “Sud tizimini mustahkamlash” (JSSA) qo‘shma loyihasi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil etildi.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sudlar faoliyatini yoritish amaliyotining tahlili bilan bir qatorda malakali va tajribali sudyalar, mutaxassis hamda media-trenerlar tomonidan axborot sohasidagi qonunchilik, so‘z erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligi masalalariga e’tibor qaratilib, ishtirokchilar sudlar faoliyatini mas’uliyatli yoritishning mohiyati va asosiy tushunchalari bilan tanishtirildi.
[gallery-17252]
Trening doirasida ochiq muloqot ham o‘tkazilib, unda sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, aholining sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlashda Sud tizimining axborot siyosati konsepsiyasi, sud organlarining OAV va jamoatchilik bilan muloqot olib borishning huquqiy asoslari muhokama etildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA