Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Yevroittifoq energiya tizimlarini raqamlashtirish uchun sohaga 565 milliard yevro investitsiya jalb qiladi
14:08 / 2022-09-23

Yevrokomissiya YeIning energiya tizimlarini raqamlashtirish bo‘yicha 565 milliard yevrolik rejasi taqdim etdi, deb yozmoqda Blumberg agentligi hujjat loyihasiga tayanib.

Kelasi hafta e’lon qilinadigan Yevrokomissiyaning Energiya tizimlarini raqamlashtirish bo‘yicha harakat rejasi infratuzilmaga o‘n yillikning oxirigacha 565 milliard yevro investitsiya kiritishni talab qiladi. Sohadagi ushbu islohotlar joriy o‘n yillikdagi ekologiya bilan bog‘liq rejalarni hayotga joriy etish va Rossiyaning qazib olinadigan yoqilg‘isiga qaramlikni to‘xtatish maqsadida amalga oshirilayotgani aytilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, 2027 yilgacha mintaqadagi barcha tijoriy va jamoatchilik binolar hamda 2029 yilgacha barcha turar-joylar tomiga quyosh batareyasi o‘rnatilishi kerak. Bundan tashqari, kelgusi besh yil mobaynida 10 millionta issiqlik nasoslari o‘rnatilishi va 2030 yilgacha yo‘llarga 30 millionta elektromobillarni chiqarish ko‘zda tutilmoqda.