Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Yamayka hukumati mamlakatni respublikaga aylantirmoqchi
10:43 / 2022-03-25

Yamayka rahbariyati mamlakat qonunchiligiga o‘zgartirish kiritib, Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ni ushbu Karib dengizi davlati rahbari maqomidan mahrum etishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda The Gleaner gazetasi payshanba kungi sonida yozgan.

Gazetaning ma’lumot berishicha, mamlakat bosh vaziri Endryu Xoulness  Kembrij gersogi qirolichaning nevarasi Uilyamning Yamaykaga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu rejasini ma’lum qilgan.

"Biz oldinga qarab ildamlaymiz va qisqa vaqt ichida Yamaykani mustaqil, taraqqiy etgan va farovon mamlakatga aylantirishga qaratilgan haqiqiy niyatimizni amalga oshirmoqchimiz", – deya bosh vazirning gapini keltirmoqda mazkur gazeta.

Xabarda aytilishicha, qirolicha xonadoni a’zosining Yamaykaga tashrifi mustamlakachilikka qarshi noroziliklarni keltirib chiqargan. Norozilik chiqishlarida ishtirok etganlar Buyuk Britaniyadan qulchilik davrlari uchun tovon so‘ragan va mamlakatni respublikaga aylantirish jarayonini tezlashtirishni talab qilgan. 

Yamayka davlatining rahbari Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II hisoblanadi.