FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan “Yoshlar oyligi” doirasida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlab viloyatda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Media liga” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada tuman hokimliklari va viloyat tashkilotlari axborot xizmati xodimlari, tahririyatlar vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
[gallery-18014]
Murosasiz va qiziqarli bahslarga boy musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, blogerlardan tuzilgan “INFINITY” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Xalq irodasi” gazetasi xodimlari ikkinchi hamda viloyat media departamenti jamoasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA