Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV vakillari mahalla hayoti bilan tanishdi
15:41 / 2021-06-11

Jizzax viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvvatlash boshqarmasi tomonidan Baxmal tumaniga “Bir kelib keting mahallamizga” mavzusi bilan press-tur tashkil etildi. Unda respublika va hududiy OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Press-tur Baxmal tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Bu yerda ishtirokchilar bilan tuman rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuvda tuman hokimi Muso To‘rayev hududdagi mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, takomillashtirishda olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi.

Press-tur qatnashchilari mahallalar faoliyatini muvofiqlashtirish, kambag‘allikni qisqartirish, “Ayollar daftari”ga kiritilganlarni qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilikni kamaytirishda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tumanda 32 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatmoqda. Mahallalarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 718 nafar xotin-qizning muammolarini hal etish bo‘yicha ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.  

[gallery-2756]

Safar qatnashchilarning keyingi manzili tumanning Uzunbuloq qishlog‘i bo‘ldi. Jurnalist va blogerlar qishloq hududida “Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga viloyat aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini yaxshilash” loyihasi doirasida bunyod etilayotgan suv inshootlaridagi olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.  

Ushbu qishloqda amalga oshirilayotgan yana bir yirik loyiha – “BMB-OPERA ZAFFERANO” O‘zbekiston-Italiya qo‘shma korxonasi qishloq odamlari bilan hamkorlikda za’faron o‘simligi yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.  

Shuningdek, ijodiy safar qatnashchilari Shodlik mahallasidagi ehtiyojmand oilalar va yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida barpo etilgan issiqxona, Nurafshon mahallasida hashar usulida qurilgan fuqarolar yig‘ini yangi binosi bilan tanishdi.

Ushbu mahallalarda ishsizlikni kamaytirish, tomorqadan samarali foydalanish, o‘zbekona milliy qadriyatlarni mustahkamlash, xalq hunarmandchiligini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan natijalar o‘rganishga arzirli ekanligi e’tirof etildi.  

Baxmal tumani o‘zining tabiati va iqlimiga ko‘ra, turizm uchun ham qulay hududlardan hisoblanadi. Shu bois so‘nggi yillarda hududda bu sohani rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar talaygina. Press-tur ishtirokchilari uchun bu ma’lumotlar qiziq bo‘ldi.

 

T.Beknazarov, J.Yorbekov (surat), O‘zA