Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV vakillari ijtimoiy xizmat tizimi faoliyati bilan tanishdi
16:27 / 2024-07-09

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Samarqand shahrida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Ishtirokchilar dastlab namunaviy loyiha asosida qurilgan inklyuziv “Inson” ijtimoiy xizmatlari markaziga tashrif buyurib, unda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmat va yordam turlari, fuqarolarga xizmat ko‘rsatishning real jarayonlari bilan tanishdi. Shuningdek, qatnashchilar Ijtimoiy rivojlanish markaziga ham borib, u yerdagi to‘garak va mashg‘ulotlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldi.  

Press-turning navbatdagi manzili Samarqand shahridagi Devori Ko‘ndalang va Yulduz kabi mahallalar bo‘lib, undagi “mahalla yettiligi”, xususan, ijtimoiy xodimning vazifa va majburiyatlari, mahalladagi keys-menejment asosida ijobiy hal etilgan muammolar bilan tanishdi.  

Tadbir doirasida hududiy matbuot kotiblari va OAV vakillari uchun trening tashkil etildi. Unda agentlikning kommunikatsiya strategiyasi, fuqarolar muammolarini aniqlash, ularni monitoring va tahlil qilish, inqirozli vaziyatlarda to‘g‘ri kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar mohiyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan taqdimot namoyish etildi.  

Bu kabi press-turlar boshqa viloyatlarda ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.  

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/omccwwEvBNI" title="OAV vakillari ijtimoiy xizmat tizimi faoliyati bilan tanishdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA