French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV uchun yana bir o‘quv qo‘llanma
16:37 / 2024-02-21

Taniqli shoir, jurnalist, filologiya fanlari nomzodi Olimjon O‘sarovning “Ommaviy axborot vositalari va axborot xizmatlari: nazariya va amaliyot” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi.

Kitob O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu so‘zlari bilan boshlanadi: “Oshkoralik va so‘z erkinligi – davr talabi, bugun O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning talabi.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari tom ma’noda “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylanib bormoqda”.

Kitobda hozirgi globallashuv davrida milliy mass-media va axborot xizmatlarining o‘rni va roli, o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, bugungi holati va istiqbollari, xususan, OAV va sud hokimiyati munosabatlarining huquqiy asoslari, sudlardan axborot olish, tarqatish muammolari, jurnalist mahorati, etikasi masalalari, siyosiy partiyalarning g‘oya va maqsadlari targ‘iboti, siyosiy texnologiyalarni samarali qo‘llash, siyosiy PR va uni amalga oshirish usullari, davlat organlari, jumladan, parlamentda jurnalistlarni akkreditatsiya qilishning zaruriyati, maqsad-mohiyati, press-konferensiya o‘tkazish, press-reliz yozish tartib-tamoillari qanday bo‘lishi lozimligi ilmiy asoslab, ko‘rsatib berilgan.

Olimjon O‘sarovning “Ommaviy axborot vositalari va axborot xizmatlari: nazariya va amaliyot” o‘quv qo‘llanmasi ommaviy axborot vositalari, xususan, yosh jurnalistlar uchun o‘ziga xos mayoq vazifasini o‘tajakdir.  

O‘zA