French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Turkiya Rossiya va G‘arb uchun xavfsizlikning yangi arxitekturasini taklif qilmoqda
14:56 / 2023-04-07

Turkiya hukumati g‘arb mamlakatlarini Turkiya Prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Qalin bilan RF Prezidenti Vladimir Putinning suhbati mazmuni haqida xabardor qildi, deb yozmoqda Hürriyet gazetasi.

RF Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidentining maxsus vakili Ibrohim Qalin bilan uchrashib, yirik loyihalar, jumladan, “Akkuyu” AESini muhokama qildi, deb bayonot bergandi avvalroq RF Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda. U shuningdek, Rossiya 27 aprel kuni yadro yoqilg‘isini yuklash marosimida munosib ishtirok etishini ham ma’lum qilgandi.

Turkiyalik jurnalist, gazeta kolumnistti Xande Firat Putin bilan Qalin uchrashuvida Ukraina mojarosini hal etish masalasini ham muhokama etilganini ma’lum qilgan. U shuningdek, Rossiya Prezidenti ushbu masalada muzokaraga tayyorligini, lekin G‘arb mazkur jarayonga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlaganini yozgan.

“Turkiya tomonlarga Rossiya bilan G‘arb o‘rtasida xavfsizlikning yangi arxitekturasini yaratishni taklif qilgan. Unda birinchi navbatda AQSH uchun ham ushbu jarayonning eshiklari ochiq qoladi. Endi esa Turkiya Putin bilan bo‘lib o‘tgan suhbatning mazmunini G‘arbga ma’lum qilmoqda”, – deb yozgan Firat.