Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV:Tramp muhojirlarni deportatsiyadan himoyalovchi dastur yopilishini ma’lum qildi
09:44 / 2018-04-03

AQSh Prezidenti Donald Tramp noqonuniy migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni vaqtinchalik to‘xtatib turadigan "DACA" dasturi o‘z nihoyasiga yetganini ma’lum qilib, Meksikadan mamlakatning quruqlikdagi chegaralari xavfsizligini ta’minlashni talab qildi.

Bu haqda RIA Novosti yozadi.

AQShning oldingi Prezidenti Barak Obama ma’muriyati tomonidan joriy qilingan "DACA" dasturi mamlakatga bolaligida noqonuniy kirib kelgan muhojirlarni deportatsiya qilishni vaqtinchalik to‘xtatib turar edi.

Kongressda mazkur dasturning istiqboli haqida Respublikachilar va Demokratlar partiyalari bir to‘xtamga kela olmagan.

Tramp esa "DACA"ga avval boshdanoq qarshi edi. AQSh Prezidentining fikricha bu dasturning foydasidan ko‘ra zarari ko‘p. Hozir esa dastur "o‘lgan" bo‘lib, ishlashi ham dargumon.

Ayni vaziyatda mamlakatning shimoliy chegaralaridan noqonuniy kirib keladigan migrantlar oqimini to‘xtatishda Meksikaning imkoniyati yetarli, buning uchun ularda chegara borasidagi qonunlar ishlab turibdi, degan Tramp Tvitterdagi sahifasida