Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Tokio gipertovushli raketalarni urib tushirish uchun dronlar guruhini yaratadi
16:11 / 2022-05-05

Yaponiya mudofaa vazirligi havoda har doim parvozda bo‘lib turadigan o‘nlab uchuvchisiz o‘zi uchar qurilmalar guruhlarini yaratish loyihasini o‘rganib chiqmoqda, ular dushmanning gipertovushli raketalarini tezkorlik bilan payqab, urib tushirishga qaratiladi.

Mazkur dasturni ishlab chiqishga vazirlik 2022 moliya yili uchun ajratilgan davlat byudjetidan mablag‘ so‘rash niyatida, deb ma’lum qildi Sankei gazetasi. 

Hozirgi paytda ushbu ma’lumot bo‘yicha AQSH kompaniyasi bilan birgalikda dronlar turini tanlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Rejaga ko‘ra, ular alohida infraqizil datchiklar bilan jihozlanadi. Mazkur guruhlar Yaponiya va Sharqiy Xitoy dengizi hududida parvoz qilib, harakatini AQSHning gipertovushli tizimlarni kuzatib turadigan mingdan ortiq kichkina yo‘ldoshlar bilan muvofiqlashtirib boradi.  

Taxmin qilinishicha, dronlar 300 dan 1000 kilometrgacha bo‘lgan balandlikdagi orbitaga joylashtiriladi.  

SpaceNews portali 11 aprel kuni Pentagonning Kosmik rivojlanish agentligi (KRA) AQSH Kongressidan qo‘shimcha 200 million dollar so‘ragani haqida ma’lum qilgan edi. 
Xabarda keltirilishicha, mazkur mablag‘ gipertovushli va ballistik raketalarni kuzatib borish uchun kuzatuv yo‘ldoshlari tarmog‘ini yaratishga sarflanadi. 

KRA tarmog‘i 2025 yilga kelib foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Xabarda aytilishicha, loyiha ayni paytda Pentagon uchun eng dolzarb masalalar qatorida turibdi.