Tayvandagi Chjunshan fan va texnologiyalar instituti yangi qanotli raketani sinovdan o‘tkazdi. Ushbu raketaning parvoz masofasi 1200 kilometr bo‘lib, Xitoyning sharqiy hududlaridagi shaharlarga yetib bora oladi, deb yozmoqda South China Morning Post gazetasi.
”Yer-yer” sinfidagi raketa parvoz masofasi uzaytirilgan Hsiung Feng IIE qanotli raketalar versiya bo‘lib, u Xitoyning Sindao yoki sharqiy sohilidagi Uxan shaharlariga yetib bora oladi", – deyiladi nashr tarqatgan xabarda.
Yanvar oyining so‘nggi kunlarida Tayvan qurolli kuchlari Xitoy ozodlik armiyasiga qarashli 31 ta samolyot va to‘rtta harbiy kemaning orolga yaqinlashganini qayd etgan edi. Tayvan atrofidagi vaziyat o‘tgan yili avgustda AQSH kongressi vakillar palatasining spikeri Nensi Pelosining Taybeyga tashrifidan keyin ancha keskinlashdi. XXR orolni o‘zining hududi deb hisoblaydi va uning boshqa mamlakatlar harbiylari va mansabdor shaxslari bilan aloqa qilishga qat’iy qarshiligini bildirib keladi.
Xitoy va Tayvan hukumatlarining rasmiy munosabatlari 1949 yilda to‘xtagan. O‘shanda fuqarolar urushi natijasida Chan Kayshi rahbarligidagi Gomindan hukumati kuchlari Xitoy kommunistik partiyasi kuchlaridan yengilib Tayvan oroliga o‘tib olgandi. Tayvan va Xitoy o‘rtasida norasmiy va biznes aloqalari 1980 yillarda qayta yo‘lga qo‘yildi.