French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV Tayvan bo‘g‘ozidagi “o‘rtalik chiziq”da vaziyatga baho berdi
11:48 / 2022-08-10

Xitoy va Tayvan harbiy dengiz flotining taxminan 20 ta kemasi Tayvan bug‘ozidagi “o‘rtalik chiziq” deb yuritilayotgan hududda qolmoqda, deb xabar berdi Reytar vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbalarga tayanib.

Unda aytilishicha, Xitoyning bir nechta kemasi chorshanba kuni ertalab Tayvanning sharqiy sohillari yaqinida harbiy mashqlarni davom ettirgan.

Avvalroq Xitoy xalq ozodlik armiyasining jangovar qo‘mondonligi Sharqiy hududidan Xitoy harbiy havo kuchlari va harbiy dengiz kuchlari seshanba kuni Tayvan oroli atrofida harbiy mashqlarni davom ettirayotgani haqida ma’lum qilingan edi.

4 avgust kuni Xitoy xalq ozodlik armiyasi AQSH vakillar palatasining spikeri Nensi Pelosining Tayvanga  qilgan tashrifiga norozilik sifatida raketalar, aviatsiya va harbiy kemalar ishtirokida keng ko‘lamli mashqlarni boshladi. Mashqlar orol atrofidagi suvlikning oltita hududida olib borildi va 7 avgust kuni nihoyasiga yetishi kerak edi, lekin mashqlar keyin ham davom ettirildi.

Rasmiy Pekin harbiy mashqlar qachon tugashi haqida xabar bermayapti, shu bilan birga, Xitoydagi davlatga qarashli Global Times gazetasining  8 avgust sonida Tayvan Xitoyga qo‘shilmagunga qadar orol atrofida harbiy mashqlar tugamaydi, deb xabar tarqatilgan.