OAV: Suriya va Saudiya Arabistoni elchixonalarini ochishga kelishib oldi
Suriya va Saudiya Arabistoni o‘zaro diplomatik munosabatlarda o‘n yildan ziyod davom etgan tanaffusdan so‘ng yana qaytadan elchixonalarini ochishga kelishib oldi, deb yozmoqda Reyter agentligi.
Avvalroq Wall Street Journal gazetasi ayrim manbalarga tayanib, Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan hamkorlik qilmayotgan bir qator arab mamlakatlari endi u bilan munosabatlarni tiklashga harakat qilmoqda, deb yozgandi.
Saudiya Arabistoni Suriya bilan diplomatik munosabatlarni 2012 yilda uzgan edi. Shu yili Saudiya podshohligi Damashqdagi elchixonasini yopib, suriyalik elchini ham chiqarib yuborgandi.
2012 yilda ko‘plab Arab mamlakatlari Prezident Bashar Asadni xalq noroziliklarini kuch bilan bostirganlikda ayblab, Suriyadagi diplomatik missiyalari rahbarlarini chaqirib oldi.