French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Sudanda yetti kunlik gumanitar yarashuv kuchga kirdi
13:26 / 2023-05-23

Sudan armiyasi bilan Tezkor harakat kuchlari o‘rtasida yetti kunlik gumanitar yarashuv dushanbadan kuchga kirdi, deb yozmoqda Al-Hadath telekanali.

Xabarda aytilishicha, Xartumda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi boshlanishi oldidan portlashlar eshitilib turgandi. Hozirda poytaxtda tinchlik hukm surmoqda. Kelishuvga binoan, kelgusi yetti kun davomida tinch aholini xavfsiz olib chiqish, gumanitar yordam yuklarini taqsimlash maqsadida harbiy harakatlar to‘xtatib turiladi. Urushayotgan tomonlar aholining suv va elektr ta’minotini qayta tiklash, kuchlarini kasalxonalar va boshqa muhim infratuzilmaviy ob’ektlardan olib chiqishga shartlashgan.

20 may kuni Sudan armiyasi va Tezkor harakat kuchlari delegatsiyalari Jidda shahrida gumanitar yarashuv bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Bu armiya bilan Tezkor harakat kuchlari o‘rtasida urush boshlangandan buyon gumanitar yarashuv bo‘yicha ikkinchi kelishuv hisoblanadi. Birinchi kelishuv o‘n kunga mo‘ljallangan edi, lekin atigi bir necha soat amal qilingan.