So‘nggi yillarda Tayvan osmonida Xitoyning o‘nlab aerostatlari paydo bo‘ldi, deb yozmoqda Financial Times gazetasi tayvanlik mansabdorlarga tayanib.
"Tayvan o‘zining havo kengliklarida so‘nggi yillarda Xitoyning o‘nlab harbiy havo sharlarini kuzatdi", - deyiladi nashr e’lon qilgan materialda.
Gazetaning yozishicha, bu avval berilgan xabarlardan ham anchayin ko‘p va Pekinning orolga hujum qilish ehtimoli bo‘yicha xavotirni kuchaytiradi.
Xabarda ta’kidlanishicha, avvalroq Tayvan mudofaa vazirligi Xitoy aerostati bilan bog‘liq atigi bitta hodisa o‘tgan yil fevralda kuzatilganini ma’lum qilgan edi.
"Havo sharlari so‘nggi yillarda tez-tez paydo bo‘lmoqda, oxirgisi atigi bir necha hafta avval kuzatildi", - degan tayvanlik mansabdor nashrga bergan intervyusida.
Boshqa bir manbaning nashrga ma’lum qilishicha, aerostat bilan bog‘liq voqea o‘rtacha oyiga bir marta qayd etilmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, havo sharlarining paydo bo‘lishi ortida XXR qurolli kuchlarining harbiy-havo kuchlari yoki raketa qo‘shinlari turgan bo‘lishi mumkin.