OAV: Shri-Lankaning sobiq prezidenti Rajapaksa mamlakatga qaytmoqchi
Iyul oyining o‘rtalarida iste’foga chiqib mamlakatni tark etgan Shri-Lankaning sobiq prezidenti Gotabaya Rajapaksa yaqin kunlarda Shri-Lankaga qaytadi, deb yozdi seshanba kuni Daily Mirror gazetasining internet-versiyasi hukumat bergan ma’lumotga tayanib.
Gotabaya Rajapaksaga Singapur 14 iyul kuni 14 kunlik qisqa muddatli viza bergan edi. U dastlab Shri-Lankadan Maldivga, undan Singapurga kelgandi. Berilgan vizaning muddati yana ikki kundan keyin tamom bo‘ladi, deb yozmoqda mazkur nashr.
13 iyul kuni Shri-Lankada norozilik namoyishlari avjiga chiqdi, natijada mamlakat prezidenti mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi va xorijdan elektron pochta orqali parlamentga iste’fo berishi haqidagi maktubini jo‘natdi. Shri-Lanka muxolifatchilarining aksariyat qismi Rajapaksa va uning xonadoni vakillarini 2022 yilda mamlakatda yuz bergan chuqur iqtisodiy inqirozning asosiy aybdori, demoqda.