Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Shimoliy Koreya AQSh bilan muzokara o‘tkazishga tayyor
12:05 / 2018-03-28

Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurib, Si Szinpin bilan uchrashdi

Kim Chen In Xitoyga tashrif buyurib, Si Szinpin bilan uchrashdi, deb yozadi TASS Xitoy markaziy televideniyesi, Sinxua agentligi bugun tarqatgan xabarlarga asoslanib.

Shimoliy Koreya rahbarining Xitoy davlatiga tashrifi joriy yilning 25 martidan 28 martiga qadar davom etgan.

Tashrif davomida Kim Chen In Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muloqot qilgan.

“Pekin mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash kabi maqsadlarda Pxenyan bilan hamkorlikni mustahkamlashga doim ko‘maklashadi, mazkur tashrif esa Shimoliy Koreya yetakchisining Xitoy davlati bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganidan dalolatdir”, degan Si Szinpin muloqotda. U shuningdek,ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashga, do‘stlik an’analarini davom ettirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ham ta’kidlagan.

O‘z navbatida Kim Chen In ham Xitoy bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish Shimoliy Koreyaning qat’iy tanlovi ekanligi va buni hech bir sabab o‘zgartira olmasligini bildirgan.

Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlari jahon va Koreya yarim orolidagi tinchlik bo‘yicha vaziyat haqida fikr almashgan.

Shimoliy Koreya AQSh bilan muzokara o‘tkazishga va Kim Chen In Donald Tramp bilan uchrashishga tayyor.

Buni ma’lum qilgan Shimoliy Koreya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra Koreya yarim orolini yadroqurolsizlantirish masalasiga ijobiy yechim topish va mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida Pxenyan shu tashabbus bilan chiqqan.

Oliy darajadagi mehmonlar sharafiga uyushtirilgan ziyofatda Si Szinpin Kim Chen va va uning rafiqasi Pen Liyuanga Pekinga yana tashrif buyurishlarini taklif qilib, xar qanday vaziyatda ham ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik juda qadrli ekanligi va o‘zgarmasligini ta’kidlagan.