Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Saudiya Arabistoni Ispaniyadan ikkita harbiy kema sotib oladi
14:03 / 2022-12-01

Xarid bo‘yicha o‘zaro tushunish memorandumi Saudiya Arabistoni mudofaa vazirligi bilan Ispaniyaning harbiy sanoat bosh boshqarmasi o‘rtasida imzolandi, deb xabar tarqatdi Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalari.

Saudiya podshohligi sotib olmoqchi bo‘lgan bir juft harbiy kema Ispaniyaning Navantia kemasozlik kompaniyasi  tomonidan tayyorlanadi.  

Xabarda ta’kidlanishicha, mazkur memorandum Saudiya Arabistonining xavfsizligini mustahkamlashga, uning hayotiy muhim va strategik manfaatlarini himoya qilishga hamda  mudofaa vazirligining strategik, operativ va taktik maqsadlarini ta’minlashga qaratilgan.    

Memorandumni imzolashda Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Xolid bin Salmon Ol Saud va Ispaniya sanoat, savdo va turizm vaziri Reyes Maroto ishtirok etgan.  

2018 yil 12 aprelda Ispaniya mudofaa vazirligi ham Navantia  kompaniyasidan beshta korvet sotib olish bo‘yicha memorandum imzolanishi haqida xabar tarqatgan edi.