Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Pokistonda odamlarni tom bosib qoldi, qurbonlar bor
13:09 / 2022-07-29

Kamida olti kishi halok bo‘lgan, 18 kishi jarohat olgan. Pokistonda bir necha kundan buyon qattiq jala yog‘moqda. Natijada Panjob viloyatining Saxival shahrida uyning tomi odamlarni bosib qolgan, deb xabar bermoqda ARY News telekanali.

Qurbonlar orasida besh nafar ayol ham borligi aytilmoqda.   

Telekanal bergan ma’lumotga ko‘ra,  voqea joyiga politsiya va qutqaruvchi guruhlar jo‘natilgan, lekin qattiq jala va qorong‘u tun ularning qutqaruv amaliyotini olib borishiga to‘sqinlik qilgan.