Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Pelosi Tayvanga boradi
09:11 / 2022-08-02

AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 22.20 da kelishi kutilmoqda. Bu haqda Tayvanning “Liberty Times” gazetasi xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Pelosi orolni chorshanba kuni tark etishi taxmin qilinmoqda.

AQSH Davlat departamenti kotibi Entoni Blinken “Agar Pelosi Tayvanga borsa va Xitoy biror inqirozni keltirib chiqarishga, keskinlikni oshirishga harakat qilsa, mas’uliyat butunlay Pekin zimmasiga tushadi”, dedi.

Shuningdek, Blinken Tayvanga tashrif buyurish to‘liq Pelosining o‘ziga bog‘liqligini ta’kidladi: “Ilgarilari Kongress spikerlari Tayvanga borishgan. Masalan, bu yil ham Kongress a’zolari orolga safar qildi”.

Pelosi boshchiligidagi delegatsiya Singapur, Malayziya, Janubiy Koreya va Yaponiyaga safarini boshlagan. Spikerning rasmiy saytida e’lon qilingan dasturda Tayvanga sayohat qayd etilmagan.