Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: O‘tgan yili AQSHdan Kanadaga 26 mingdan ortiq noqonuniy muhojir kelgan
14:48 / 2018-05-08

2017 yil aprelidan boshlab 26 mingdan ziyod noqonuniy muhojirlar AQSHningKanada bilan chegarasidan o‘tgan.

2017 yil aprelidan boshlab 26 mingdan ziyod noqonuniy muhojirlar AQSHningKanada bilan chegarasidan o‘tgan. Bu haqida “GlobalNews” telekanali Kanadaning jamoatchilik xavfsizligi va fuqarolikni himoya qilish vazirligi ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Amerika–Kanada chegarasidan o‘tgan 26 ming 250 kishidan 243 nafari turli sabablarga ko‘ra deportatsiya qilingan. Yana 200 nafar noqonuniy muhojirlar yaqin orada o‘z vatanlariga majburan qaytishlari kerak. Qolganlar bilan mamlakat migratsiya xizmati shug‘ullanmoqda. Ular hozircha, muhojirlarning vaqtinchalik yashash joylarida istiqomat qilishadi. Aksariyat noqonuniy muhojirlar odatda KanadagaKvebek, Ontario va Manitoba provinsiyalari orqali o‘tishadi. Ularning aksariyati Gaiti va Nigeriyaliklardir.

Kanadaga AQSHdan noqonuniy muhojirlarning kelishi2017-yil boshidan ko‘paydi. Ular prezident Donald Trampning qat’iy immigratsiya siyosati sababli Qo‘shma Shtatlardan deportatsiya qilinishlaridan cho‘chishgani sababli shunday yo‘l tutishyapti.