English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Nigeriyaning shimolida kamida 100 kishi jangarilar hujumidan halok bo‘ldi
13:50 / 2023-02-07

Nigeriyaning shimolida Katsina shtatida noma’lum qurollangan kimsalar tomonidan amalga oshirilgan hujum oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi soni 100 kishiga yetdi, deb yozmoqda mamlakatda chiqadigan Vanguard gazetasi.

Xabarda aytilishicha, kamida 500 ga yaqin bosqinchi Bakori tumanidagi qishloqlarning biriga hujum uyushtirgan. Jangarilar o‘zlari bilan yirik shoxli qoramollar va qo‘ylarni haydab ketgan. Gazetaning yozishicha, ayni paytda mahalliy ko‘ngillilar guruhi bosqinchilarning ortidan borib, ular  bilan jangga kirishgan, deyiladi TASS agentligi bergan xabarda.