OAV: NATO Ukrainada Rossiya bilan urushning yangi usullaridan foydalanishni rejalashtirmoqda
NATO Ukraina mojarosida xakerlar va yangi texnologiyalardan foydalanishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda Politico nashri.
"Shimoliy Atlantika alyansi kiber kuchlari Ukrainaga yordam berish usullarini topish va Rossiya va boshqa dushman taraflarning NATOga a’zo mamlakatlar va ularning ittifoqchilari infratuzilmalarini buzib kirishini qiyinlashtirish uchun Ukraina mojarolarini diqqat bilan kuzatib bormoqda", – deyiladi maqolada.
Maqola muallifning yozishicha, o‘tgan hafta Tallinda NATO mashqlari o‘tkazilayotgan paytda, alyansning kiberkuchlari yangi texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt texnologiyalarini moslashtirish ustida ishlagan.