Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: NATO bosh kotibi Xalqaro valyuta jamg‘armasiga rahbarlik qilishi mumkin
11:30 / 2022-12-22

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Xalqaro valyuta jamg‘armasiga (XVJ) rahbar bo‘lishi mumkin, deb xabar tarqatdi Norvegiyaning TV2 telekanali manbalarga tayanib.

"Stoltenberg Vashingtonda yangi rahbarlik lavozimini olishi mumkin", – deyiladi xabarda.    

Telekanalning eslatishicha, Stoltenberg NATOni 2014 yildan buyon boshqarib kelmoqda, uning vakolati uzaytirilgan, lekin 63 yoshli siyosatchi kelasi yili lavozimini tark etishi mumkin.  

"AQSH Stoltenbergni Xalqaro valyuta jamg‘armasiga rahbar sifatida ko‘rmoqda", – deyiladi telekanalning NATO manbalariga tayanib bergan xabarida.