English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Myanmada siyosiy qarashlari tufayli qamalgan ikki mingdan ziyod mahbus avf etildi
10:49 / 2023-05-03

Myanma harbiy hukumati Budda bayrami sharafiga ikki mingdan ziyod siyosiy mahbusni avf etdi, deb xabar tarqatdi Frans Press agentligi.

Agentlikning yozishicha, harbiy hukumat chorshanba kuni “siyosiy qarashlari tufayli qamalgan 2153 mahbus Budda bayrami sharafiga avf etiladi”, deb buyruq chiqargan. Xabarda aytilishicha, harbiy hukumat “xalqning xotirjamligini ta’minlash va gumanitar maqsadlarda” ushbu buyruqni e’lon qilgan.

Myanmada 2021 yil 1 fevralda harbiylar hukumat tepasiga kelgan edi. Ular milliy xavf paydo bo‘lgan vaziyatda hukumatni almashtirish bo‘yicha konstitutsiyaviy mexanizmdan foydalangani aytiladi.

Natijada mamlakatda norozilik chiqishlar avj oldi va ko‘p kishilar qamoqqa olingan edi.