Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OAV: Mun Chje In Trapmga Kim Chen Inning nomasini yetkazdi
10:52 / 2018-09-25

Nyu-Yorkdagi uchrashuvda Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In AQSH Prezidenti Donald Trampga KXDR rahbari Kim Chen Inning nomasini yetkazdi, deb yozadi TASS “Kyodo” tarqatgan xabarga asoslanib.


Nyu-Yorkdagi uchrashuvda Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In AQSH Prezidenti Donald Trampga KXDR rahbari Kim Chen Inning nomasini yetkazdi, deb yozadi TASS “Kyodo” tarqatgan xabarga asoslanib.

Ammo, OAV Shimoliy Koreya yetakchisining AQSH Prezidentiga yoʻllagan nomasi mazmuniga aniqlik kiritmagan. Ayni vaqtda ikki davlat rahbarlari BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasida ishtirok etmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada Mun Chje In va Kim Chen In ishtirokida Pxenyanda Koreya davlatlarining navbatdagi sammiti oʻtkazilgan edi. Sammit yakuni boʻyicha qoʻshma bayonot imzolanib, unda KXDR oʻzining Tonchxanndagi raketa poligonini yopishga va Yonbyondagi yadroviy obyektlarni demontaj qilishga vaʼda bergan.